Kontent qismiga oʻtish

Dev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 6-sentyabr, 04:26 dagi Miss Parvina (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Dev — 1) zardushtiylikda yovuzlikning asosiy timsoli (qarang Anxramaynu). Avestoda "dayva" tarzida qayd etilgan; 2) turkiy va fors-tojik xalqari mifologiyasida yovuzlik timsoli. Dev dahshatli, zulm va zoʻrlik, qonxoʻrlik yoki yovuz kuchlarning irodasiga boʻysunuvchi bahaybat maxluq sifatida namoyon boʻladi. Devlar yer osti saltanatlarida, gʻorlarda, kimsasiz choʻl va dashtdagi kasrlarda istiqomat qiladi. Qasr, bogʻ va hokazo sohibining amriga itoat etib, parilarni qoʻriqlaydi ("Gulnor pari", "Yunus pari", "Misqol pari" va boshqalar). Ertak, doston qahramonlariga qarshi yakka yoki tuda boʻlib kurashadi, ammo hamisha inson qobiliyati, aqli, kuch-qudrati qarshisida ojizlik qiladi, oqibatda yengilgan devlar insonga boʻysunadi va uning izmiga yuradi. Devlar osmonda uchuvchi va yerda yuruvchi ikki toifaga ajraladi. Baʼzilari tabiatan hiylagar, makkor, aldamchi va gʻazabkor, boshqalari nozik sanʼatkor, goʻzal binolar quruvchi usta, afsonaviy kuch egasi. Oʻzbek folklorida Ahriman, Ahvon, Samandar, Oqdev, Qora dev, Qizil dev, Sariq dev ("Badal botir" va boshqalar), Arshak dev, Afsar dev, Boymoq dev, Yaproq dev ("Balogardon", "Malika ayyor" va boshqalar) kabi devlar toʻdasining boshliqlari obrazi uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil