Apofema
Qiyofa
Apofema (yun. apotithemi — bir tomonga qoʻyaman) -
- 1) muntazam koʻpburchak apofemasi — muntazam koʻpburchak markazidan biror tomoniga tushirilgan perpendikulyar chiziq uzunligi;
- 2) muntazam piramida apofemasi — muntazam piramida yon uchburchagining balandligi;
- 3) muntazam kesik piramida apofemasi — muntazam kesik piramidaning yon yogʻi boʻlmish trapetsiya balandligining uzunligi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |