Kontent qismiga oʻtish

Bospor podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bospor podsholigiQora dengizning shimoliy sohilidagi quldorlik davlati (miloddan avvalgi 5-asrmilodiy 4-asr). Miloddan avvalgi 480 yillarda Kerch, Taman yarim orollaridagi yunon shaharlarining birlashuvi natijasida vujudga kelgan. Poytaxti — Pantikapey (hozirgi Kerch), bundan tashqari Fanagoriya, Germonassa (hozirgi Taman), Feodosiya, Nimfey kabi yirik shaharlari boʻlgan.

Bospor podsholigi ni dastlab yunon sulolalaridan boʻlgan arxeanaktidlar (miloddan avvalgi 480— 438), keyin — yunonmahalliy spartokiylar (miloddan avvalgi 438—109) sulolasi boshqargan. Bu davlatning iqtisodiy va madaniy jihatdan eng yuksalgan davri miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Yunoniston va Kichik Osiyoga galla, koramol, baliq, teri, qullar savdoga chiqarilgan, bu mamlakatlardan esa vino, zaytun moyi, sopol va metall buyumlar, gazmol olingan. Bospor podsholigi xoʻjaligida dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Milodiy 4-asr oxirida Bospor podsholigi gunnlar tomonidan tugatilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil