Hanuka
Hanuka (ibr. “yangilanish”, “yoritish”) - yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi. 168-yilda yahudiylarning Salavkiylarga qarshi olib borgan kurashlari asnosida, yunonlar ibodatxonaga bostirib kirib, u yerdagi yog‘larning barini iflos qilib tashlaydilar. Yahudiylar g‘alaba qozongach, ibodatxonada minorani yoqish uchun, atigi bitta idishda bir kunga yetadigan toza yog‘ topadilar. Shunda moʻjiza yuz berib, bir kunga yetadigan yog‘ bilan sakkiz kun davomida minora yoniq turadi. Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 465.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |