Kontent qismiga oʻtish

Theodor Mommsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Theodor Mommsen
Tavalludi 30-noyabr 1817
Vafoti 1-noyabr 1903
Ijod qilgan tillari Lotin tili, Qadimgi yunon tili va Nemis tili
Fuqaroligi Prussiya qirolligi va Duchy of Schleswig

Theodor Mommsen (1817.30.11, Garding — 1903.1.1 1, Sharlottenburg) — nemis tarixchisi, Peterburg Fanlar akademiyasining xorijiy faxriy aʼzosi (1893). Leypsig (1848-yildan), Syurix (1852-yildan), Breslau (Vrots-lav) (1854-yildan), Berlin (1858 — 1903) universitetlari professor 1848—49 yillardagi inqilob davrida nemis burjua-ziyasining soʻl qanotida boʻlib, Shlez-vigni Prussiyaga qoʻshilishi tarafdori boʻlgan, ShlszvigGolsh-teyn muvaqqat hukumatining nashriy organiga muharrirlik qilgan. Pro-gresschilar partiyasidan prus landtagi va Germaniya reyxstagiga deputat qilib saylangan (1863—66 va 1873— 79 yillarda landtag deputati, 1881—84 yillarda reyxstag deputati). Qad. Rim va Rim huquqiga oid 1500 dan ziyod tarixiy asarlar muallifi. Asosiy asari "Rim tarixi"da, asosan, Rimning miloddan avvalgi 46 yilgacha boʻlgan harbiy-siyosiy tarixini yoritgan va Rim provinsiyalari tarixini bayon qilgan. Nobel mukofoti laureati (1902)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil