Kontent qismiga oʻtish

Vibrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vibrator (lotincha: vibro — tebranaman) — 1) mexanik V. — mexanik tebranish (titrash)lar hosil qiladigan qurilma; mustaqil ravishda yoki vibratsiya mashinalari va uskunalarning uzeli tarzida ishlatiladi. Materiallarni zichlash, mas., qurilishda gruntlarni shibbalash, beton krrishmalarni zichlash, quymalarni opokalardan chiqarish, inshoot, asbob va apparatlarning titrashga turgʻunligini sinash, qoziq qoqish va b. da qoʻllanadi; 2) elektr V.— elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradigan (tebranish manbai boʻlgan) tok oʻtkazuvchi material yoki dielektrikdan iborat shtir, metall sim boʻlagi. V. oddiy yoki murakkab antennalarning elementa sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil