Kontent qismiga oʻtish

Zardusht

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zardusht Zaratushtra, Avesto tili boʻyicha Zoroastr ma'nosini beradi.(mil. av. taxminan 618, Xorazm — mil.av. 554, Balx)— zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalklarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; paygʻambar. 3. Spitama urugʻining raisi Purushasp xonadonida tugʻilgan. Onasining nomi Dugʻdova. 3. 15 yoshgacha zamonasining donishmandi Barzin Kuras qoʻlida diniy qonunlar, tabiatshunoslik, voizlik, kalomi badiʼ fanlari boʻyicha taʼlim oladi, harbiy xunarlarni egallaydi. 16 yoshida Turon — Eron jangida ishtirok etadi. Oʻz qavm va qabilalari peshqadam vakillarining koʻpxudolik udumlariga qarshi harakatiga qoʻshildi va 19 yoshida yakka tangrini kashf etish umidida Sablon togʻiga chiqib ketadi. 20 y. gʻorda yashaydi. Rivoyatlarga koʻra, 3. navroʻz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik — "Hum" tayyorlashga kirishgan. Erta tongda u daryodan suv olish uchun qirgʻoqqa tushgan. Suv olib boʻlgach, koʻziga qirgʻokda turgan porloq xilqat — "Vohumana" koʻrinadi va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulugʻ xudo Ahuramazda huzuriga boradi. Ahuramazda oʻzining butun borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Z.ni tanlaganini aytadi (bu vaqtda u 40 yoshga toʻlgan edi). Shu kundan boshlab 3. zardushtiylik dinining paygʻambariga aylanadi. "Gatlar" deb atalgan, qoʻshiq qilib aytishga moʻljallangan sheʼrlar yaratadi. Soʻngra shaharu qishloq kezib, yakka tangri gʻoyasini targʻib etadi, tarafdorlar orttiradi. Bundan xavfsiragan Turon shohi Arjasp Z.ni dorga osish haqida farmon chiqaradi. 3. 300 maslakdoshi bilan Balxga, soʻng Seyistonga qochib ketadi. Shim. Eronda zardushtiylik diniga asos soladi. 3. Eron shohi Gushtasp qabulida boʻlib, uni va donishmand vaziri Jomaspni yakka tangri Ahuramazda haqidagi taʼlimotiga ishontiradi. Shundan soʻng , Gushtasp farmoniga koʻra, Eron xududida zardushtiylik dini joriy etiladi. Buni eshitgan Arjasp Gushtaspga Z.ni hibsga olib xuzuriga joʻnatish haqida talab-noma yuboradi. Gushtasp bu talab-ni rad etadi. Arjasp 300 ming lashkar bilan Eronga hujum qilib, Balx, Seyiston, Bexruz sh.larini vayron qiladi. Gushtaspning 4 oʻgʻlini jangda oʻldiradi, keksayib qolgan otasi Luxraspni qatl etib, Gushtaspning oʻgʻli Isfandiyorni zindonband qilib, koʻp oʻlja bilan qaytadi. Arjaspning ikkinchi hujumi paytida zindondan qochgan Isfandiyor mudofaa janglarini yaxshi uyushtirib, gʻanimlarni tormor etadi. Natijada turonliklar ham zardushtiylik dinini qabul qiladilar. Gushtasp farmoniga koʻra, shahar va qishloklarda yangi ibodatxona — otashkadalar qurila boshlanadi. 3. Balxda qurilgan shunday otashkadaning ochilishida ishtirok etadi va ibodat paytida koʻpxudolik tarafdori Bratarvaxsh tomonidan chavokdab oʻldiriladi. Z.ning Istavatr, Uruvatr, Puruchitra ismli oʻgʻillari, Frini, Trini, Puruchisto ismli qizlari boʻlgan. 3. oʻz taʼlimotini — Avestoaa. bayon etadi. Tilshunoslik maʼlumotlari va kitob mazmuni Avestoning faqat ayrim qismi taxminan bir vaqtda yozilganligini koʻrsatadi.[1][2]

  1. Mokavelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960; Meri Boys, Zoroastriysi, M., 1988; Homidov H., "Shohnoma"ning shuhrati, T., 1991.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil