Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat — biror ishda erishilgan natija, yaxshi natija; yutuq, gʻalaba.
Iqtiboslar
[tahrirlash]B
[tahrirlash]Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o‘z foydasini o‘ylaydiganlar esa mag‘lubiyatga uchrayveradi. | |
— Brayan Treysi |
Buyuk muvaffaqiyatlar qatʼiyat va qunt-matonatning natijasi, xolos. | |
— Semyuel Jonson |
E
[tahrirlash]Eng muhimi — muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo‘lishiga qaramay, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sinoati shu. Ajoyib-g‘aroyib g‘oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug‘ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keyingi hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak. | |
— Nolan Bushnell |
M
[tahrirlash]Muvaffaqiyat asosiy maqsadingiz ko‘z oldingizda turganda keladi. Maqsadingiz ko‘zdan nari ketishi bilan muvaffaqiyat ham ketadi. | |
— Bernard Shou |
Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi. | |
— Javoharlaʼl Neru |
Muvaffaqiyat uchun reja tuzmayotgan boʻlsangiz, unda, shubhasiz, muvaffaqiyatsizlikni rejalayotgan boʻlasiz. | |
— Rouz Toun[1] |
— Uilyam Masyus[2] |
O
[tahrirlash]Odam mashg‘ulot zallarida chempion bo‘lmaydi. Chempion bo‘lish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va o‘z g‘alabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi. | |
— Muhammad Ali |
Y
[tahrirlash]Yotgan joyida muvaffaqiyatga erishadigan birgina jonzot bor — tovuq. | |
— Xalq iborasi[1] |
Oʻ
[tahrirlash]Oʻz ishidan nafratlangan biror insonning muvaffaqiyatga erishganini koʻrganmisiz, taniysizmi? Men tanimayman. Muvaffaqiyat sirlaridan biri — qilayotgan ish bilan sevgan narsalaringiz orasidagi mustahkam bogʻliqlikni shakllantirishdir. | |
— Antoniy Robbins[1] |